71.
Badalov Alisher
(24.11.2005 17:27)
0
O’z elini sotadigan zamon keldi, sotib qol,
Haromdan yeb yotadigan zamon keldi, yotib qol,
Qot deganda qotadigan zamon keldi, qotib qol,
Yiqilganni tepadigan zamon keldi, tepib qol,
Halollarni qopadigan zamon keldi, qopib qol.
Sensan to’ra, manqurtlarga bo’ladigan madadkor,
Hokimlarni poyin yalab yuradigan riyokor,
Mansabparast, ham gumrohu, ham g’arazgo’y soxtakor,
Mushuksan-ku sherman deysan, noqis, nojins, nobakor,
Sening oting chopadigan zamon keldi, chopib qol.
Sen kabilar hokimlarning izlaridan yo’rg’alar,
Pok elining yuzlariga qora surkab bulg’alar,
Hokim, firqa nog’orasin chalib oyog’in yalar,
Bir-birini ulug’laydi laganbardor to’ralar,
Eshak poyin o’padigan zamon keldi, o’pib qol.
O’z xalqini turtib-surib yotni suygan, ey voiz,
Talon-taroj etib elni qorin qo’ygan, ey voiz,
Oshkoralik yo’llarini to’sib qo’ygan, ey voiz
So’z xalqqa, deb minbarlardan xalqni quvgan, ey voiz,
El og’zini yopadigan zamon keldi, yopib qol.
Qullik sari yetaklovchi yo’rug’ tutding – alomat,
Tiling burro, diling qora, qilar ishing xiyonat,
Nosir boshi uzra doim dardu-g’amu malomat,
Yusuf xasdek himoyasiz, eli kabi qiyomat,
Sen boshiga yetadigan zamon keldi, yetib qol.
Badalov Alisher Radio Free Europe/Radio Liberty
|